"ELERON" C-011

"ELERON" C-011

MAhsulot haqida ma`lumot

28 300 so`m

Nexnik tavsilotlar

Rangi
Oq
Ishlatilish harorati
+ 5 eC dan + 35 ’C gacha
1 kg mahsulot uchun sarflanadigan suv miqdori
~0,4(L)
Qavatning qalinligi
0,5-5,0 mm
Qavatning qalinligi 0,5 mm bo'lganda aralashmaning sarfi
0,50 kg/m2
Ishlatish muddati
40-60 daqiqa
Siquvga chidamliligi
2.0 Mpa
Qo'zg’aluvchanligi bo'yicha
Pk3
Yopishish mustahkamligi
0.3 MPa dan kam emas
Egiluvchanlikka chidamligi
1.0 MPa dan kam emas
Soni:

o`shimcha ma`lumotlar

Mayda fraktsiyal gipsli shpatlevka aralashmasi quruq xonalarda ichki ishlar uchun devorlar va shiplami bo'yash va gulqog'oz yopishtirishdan oldin so'nggi pardozlashga mo'ljallangan. Baton, sement, gipsli va suvalgan yuzalarga suriladi.

Asos mustahkam, quruq, asosga yopishishiga to'sqinlik qiladigan chang, iflosliklar, yog'li va bitumli dog'lardan tozalangan bo'lishi kerak. Bo'yoqli qoplamalari ketkazilishi kerak. Asosning shpatlevka aralashmasi bilan yopishish mustahkamligi pasayishining oldini olish uchun gruntovka bilan ishlov berish, 5mm dan katta o'yiqlami suvoq qorishmasi bilan suvash kerak.

Eritmani tayyorlash uchun quruq aralashmani toza suv quyilgan idishga solish kerak (1 kg quruq aralashmaga -0,4 L) qorishmani qo'shgandan so'ng 2-3 daqiqa tindiring va bir jinsli massa chiqquncha 3-5 daqiqa davomida aralashtirish kerak. Eritmani 3 daqiqaga qoldirish va keyin yana qayta aralashtirish kerak. Mikser bilan aralashtirishni tavsiya qilamiz. Tayyorlangan porsiya 40 daqiqa mobaynida sarflanishi kerak.

Tayyorlangan aralashmani yuzaga kurakcha bilan surish, tekislash va silliqlash kerak. Zarur bo'lsa shpatlevkalashni bir necha qavat qilib surish yo'li bilan amalga oshirish mumkin, keyingi qavat avvalgisi to'liq qurigandan keyin suriladi. Qurigan qavat abraziv material bilagi silliqlanadi.

20 kg±2% hajmli qoplar. Zavod qadog'ida kafolatli saqlash muddati, quruqjoylarda ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 6 oygacha.