48 300 сум
Shpatlyovka aralashmasi bino va inshoatlaming ichki va tashqi tarafidagi yuzalarda fasad ishlarini olib borish uchun mo’ljallangan. Turli maqsadlardagi quruq va nam binolar uchun ishlatilish! mumkin. Beton, sement, gipsli vasuvoqli yuzalar uchun ishlatiladi.
Asosning yopishishiga halaqit beruvchi chang, loy, moy va yo'g izlaridan asosni tozalash zarur. Asos mustahkam, quruq va toza bo'lishi kerak. Bo'yoqli qoplamalari olib tashlanishi kerak. Yopishish va shpatlyovka aralashmasining mustahkamlik darajasining tushishini oldini olish uchun asosga gruntovka bilan ishlov berish kerak. Chuqurlik 1 sm dan yuqori bo'lsa suvoqli qorishma bilan to'ldirish tavsiya qilinadi.
Qorishma tayyorlash uchun quruq aralashmani toza suv to'ldirilgan idishga solib, (0.4-0.45 litr suvga 1 kg) qorishmani qo’shgandan so'ng 2-3 daqiqa tindiring va bir hil massa hosil bo'lgunicha 3-5 daqiqa davomida aralashtiriladi. Qorishmani 2-3 daqiqaga tindirib qo'yish va keyin uzluksiz aralashtirish kerak. Mikser bilan aralashtirishni tavsiya qilamiz. Tayyorlangan portsiyani 2-3 soat ichida ishlatish tavsiya qilinadi.
Tayyorlangan qorishmani asos yuzasiga shpatel yordamida bir hilda surish va tekislash kerak. Zarurat tug’ilganda shpatlyovkani bir nechta qatlam bilan qoplash orqali amalga oshirib, keyingi qatiamni oldingisining to'liq qurigunicha surtmang. Qurigan qatlam abraziv material bilan silliqlanadi.
20 kg ± 2% hajmli qoplar. Zavod qadog'ida kafolatli saqlash muddati, quruq joylarda ishlab chiqarish sanasidan boshlab 6 oygacha.