«ELERON» С-01

«ELERON» С-01

MAhsulot haqida ma`lumot

33 300 so`m

Nexnik tavsilotlar

Rangi
Oq
Ishlatish holati
+5°С dan +35°С gacha
1 kg quruq aralashma uchun suv miqdori
0.45-0.55 litr
Qatlamning qattiqligi
0.5-0.6 mm
Qavatning qattiqligi 0.5 mm bo'lganda qorishmaning sarfi
0.45 kg/m2
Ishlatilish muddati
60-90 daqiqa
Qotish muddati
180-240 daqiqa
Sqiuvga chidamliligi
2,0 mPa
Qo'zg'aluvchanligi bo'yicha
Pk3
Yopishish mustahkamligi
0,5 mPa
Soni:

o`shimcha ma`lumotlar

Mayda fraktsiyali gipsli shpatlevka aralashmasi quruq xonalarda ichki ishlar uchun devorlar va shiplarni bo'yash va gulqog'oz yopishtirishdan oldin so'nggi pardozlashga mo' Ijallangan. Beton, sement, gipsli va suvalgan yuzalarga suriladi.

Asos mustahkam, quruq, asosga yopishishiga to'sqinlik qiladigan chang, iflosliklar, yog'li va bitumli dog'lardan tozalangan bo'lishi kerak. Bo'yoqli qoplamalari ketkazilishi kerak. Asosning shpatlevka aralashmasi bilan yopishish mustahkamligi pasayishining oldini olish uchun gruntovka bilan ishlov berish, 1 sm dan katta o'yiqlarni suvoq qorishmasi bilan suvash kerak.

Eritmani tayyorlash uchun quruq aralashmani toza suv quyilgan idishga solish kerak (1 kg quruq aralashmaga 0,45-0,55) qorishmani qo'shgandan so'ng 2-3 daqiqa tindiring va bir jinsli massa chiqquncha 3-5 daqiqa davomida aralashtirish kerak. Eritmani 3 daqiqaga qoldirish va keyin yana qayta aralashtirish kerak. Mikser bilan aralashtirishni tavsiya qilamiz. Tayyorlangan porsiya 60 daqiqa mobaynida sarflanishi kerak.

Tayyorlangan aralashmani yuzaga kurakcha bilan surish, tekislash va silliqlash kerak. Zarur bo'lsa shpatlevkalashni bir necha qavat qilib surish yo'li bilan amalga oshirish mumkin, keyingi qavat awalgisi to'liq qurigandan keyin suriladi. Qurigan qavat abraziv material bilan silliqlanadi.

20 kg±2% hajmli qoplar. Zavod qadog'ida kafolatli saqlash muddati, quruq joylarda ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 6 oygacha.